Namangan davlat universiteti San’at va sport fakultetida bugun yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i mayor Botirjon Boymirzayev, universitet profilaktika inspektori mayor Dilmurod Karimov, fakultet ta’lim-tarbiya maslahatchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga yo‘l harakati madaniyatiga amal qilish, haydovchi va piyodalar uchun muhim xavfsizlik qoidalari, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berildi.