O‘zbekiston — millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti

O‘zbekiston qadimdan turli millatlar, elatlar va diniy konfessiyalar vakillari tinch-totuv yashab kelgan maskan sifatida e’tirof etiladi. 

Mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi qulay geografik joylashuvi, boy tarixiy merosi hamda ko‘p asrlik madaniy an’analari millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning mustahkam shakllanishiga zamin yaratgan. 

Bugun ham Respublikamizda bir nechta millat va elatlar vakillari o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhida istiqomat qilib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Shu ma’noda, 28-noyabr kuni Tibbiyot fakultetida “O‘zbekiston — millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda fakultetimizda tahsil olayotgan Qirg‘iz, Qoraqalpoq, Hind millatiga mansub talabalar o‘zlarining milliy liboslari va an’anaviy madaniyatini namoyish etib, suhbatga o‘ziga xos mazmun bag‘ishladilar.

Davra suhbatida fakultet dekani G‘. Abdullayev, “Kims” kompaniyasi rahbarlari hamda fakultetning ta’lim-tarbiya maslahatchisi D. Narzullayev ishtirok etib, millatlararo totuvlikning jamiyat barqarorligi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikning esa davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini alohida ta’kidladilar. 

Ular o‘z fikr va mulohazalarida talabalar o‘rtasida do‘stlik, hurmat va birdamlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image