Namangan davlat universitetida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar, madaniyat, shuningdek, jadidlar ma’naviy merosi bilan yanada yaqindan tanishtirish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar milliy urf-odat va qadriyatlar asosidagi sahna ko‘rinishi, kompozitsion musiqiy chiqish va “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” savol-javob shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov natijalari quyidagicha bo‘ldi:
🥇 1-o‘rin — Tabiiy fanlar fakultetining “Osmondagi bolalar” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Jahon tillari fakultetining “StageX” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Biotexnologiya fakultetining “Yangi yulduzlar” jamoasi
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov ishtirokchilari esa o‘zlarining ijodi, mahorati va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari bilan barchaga ijobiy kayfiyat ulashdilar.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati