Namanganda obodlik sari: “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” tanlovining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning dastlabki saralash bosqichi viloyatdagi 754 ta mahallani qamrab olib, mezonlarga muvofiq eng namunali ishtirokchilar aniqlangan edi. Shahar va tuman bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi.

Yakuniy bosqich Davlatobod tumanidagi “To‘qimachilar” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Otabek Bozorov, Jamshed Xatamov, "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, Senator Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ahadjon Mirzayev hamda “mahalla yettiligi” rahbarlari, soha faollari qatnashib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra “Obod xonadon” nominatsiyasi yo‘nalishida To‘raqo‘rg‘on tumani “Istiqlol” mahallasi Ziyo ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi Namangan davlat universiteti Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Shokirjon Bannoyevlar xonadoni g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shokirjon Bannoyev va ularning xonadonini ushbu munosib yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Obod va fayzli turmush, yanada ulkan zafarlar hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image