Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida siyosiy-iqtisodiy, ilm-fan va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikning mustahkamlanib borayotgani natijasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar ham izchil rivojlanmoqda.
Davlat rahbarlari tomonidan imzolangan konvensiya asosida OTM diplomlarining o‘zaro tan olinishi esa ushbu hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Shu jarayonning amaliy ifodasi sifatida 2025-yil 26–30 noyabr kunlari Namangan davlat universiteti hamda Qirg‘iz-turk Manas universiteti o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi tashkil etildi.
Mazkur almashuv ikki davlat yoshlari o‘rtasida bilim, ko‘nikma va malakalar almashinuvi bilan birga, umumiy tarixiy ildizlar va madaniy yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mazkur hamkorlik talabalarning ilmiy izlanishlari, pedagogik mahorati va kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.