Namangan davlat universitetida yangi sport maydonlari foydalanishga topshirildi

Namangan davlat universitetida yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun basketbol va voleybol uchun ochiq maydonlar, sun’iy qoplamali mini futbol, maxsus rezina qoplamali gandbol, vorkaut hamda badminton maydonlari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. 

Tantanali ochilish marosimida universitet rahbariyati, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Ochilish marosimida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev so‘zga chiqib, so‘ngi yillarda sportni rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini, yoshlarning sog‘lom va jismonan chiniqqan bo‘lib kamol topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish universitet rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan universitet rahbariyatiga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ochilish marosimi doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning fakultetlar o‘rtasidagi Rektor kubogi universitet bosqichi g‘olibi bo‘lgan talaba-yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image