Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakultetida “Sog‘lom turmush tarzi – to‘g‘ri yashash ramzi” mavzusida “Botulizm va shu kabi kasalliklarning oldini olish” bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Namangan shahar 4-oilaviy poliklinikasi shifokorlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Taklif etilgan mutaxassislar botulizmning kelib chiqish sabablari, uning xavfli oqibatlari, oziq-ovqatni saqlash va iste’mol qilishdagi gigiyenik talablar, shuningdek, profilaktika choralariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir talabalarning sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.