Til markaziga direktor tayinlandi
- Homepage
- Information service
- News
- Til markaziga d...
- 04.12.2025
- 23:28
- 1068
Namangan davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Tursunboyev Ulug‘bek Islomjon o‘g‘lini Namangan davlat universiteti huzuridagi Til markazi direktori etib tayinlandi.
Ulug‘bek Tursunboyev 2000-yil 25-martda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan davlat universitetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishini tamomlagan.
Universitet jamoasi Ulug‘bek Islomjon o‘g‘lini ushbu mas’uliyatli lavozim bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.