Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan xalqimizning sevimli ijodkorlari ishtirokida «Ovozli chat» tarzidagi ijodiy muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi mehmon — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Mirzo Karim.
Ovozli chat: 5-dekabr soat 20:30 da @NamDU_iqtidor Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ijodiy muloqot davomida siz:
— Shoirga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz,
— Ijodiy maslahat olishingiz,
— She’r o‘qish va ilhom olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Barchangizni mazmunli suhbatda faol ishtirok etishga taklif etamiz!