Sportchilarimiz O‘zbekiston kubogi musobaqalarida zafarli yurishini davom ettirmoqda

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan professional voleybol klublari o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi – 2025” musobaqasida ishtirok etuvchi universitetimizning yigitlar hamda ayollar jamoasi zafarli yurishlarini davom ettirmoqdalar. 

Universitetimizning yigitlar hamda ayollar jamoalari ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlar ularning jismoniy tayyorgarligi, mahorati va turnirga puxta hozirlik ko‘rganini yana bir bor tasdiqladi.

Yigitlar jamoamiz musobaqaning navbatdagi uchrashuvlarida Qashqadaryo jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Qorovul qo‘shinlari jamoasiga qarshi bahsda 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishib, musobaqada peshqadamlar safidan joy oldi.

Ayollar jamoamiz ham musobaqada ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Toshkent shahar, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalariga qarshi kechgan murosasiz bahslarda universitetimiz voleybolchilari har uchala jamoa ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ustunligini yaqqol namoyon qildilar.

Sportchilarimizni ushbu yuksak g‘alabalar bilan tabriklaymiz. Musobaqaning keyingi bosqichlarida ham ularga muvaffaqiyat tilaymiz. Jamoalarimizga omad va yangi zafarlar yor bo‘lsin.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image