Namangan davlat universitetida talabalarning fikr va takliflarini tinglash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda universitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Jahon tillari fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda soha prorektorlari, fakultet rahbariyati, yoshlar yetakchilari hamda faol talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida fakultet talaba-yoshlari tomonidan joriy yilda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan tashabbuslar va kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil fikr almashildi. Talabalar o‘z takliflari, fikrlari hamda universitet hayotini yanada rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalarini ochiq bayon etdilar.
Shu bilan birga, uchrashuv doirasida rektor voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi – 2025” musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan universitet jamoasini tantanali ravishda taqdirladi. G‘olib jamoaning muvaffaqiyati Sport va san’at fakulteti bilan birga butun universitet uchun faxrli natija sifatida e’tirof etildi.
Universitet rahbari yoshlarning o‘z ustida ishlashi, sport va san’at yo‘nalishlarida yanada yuqori marralarni egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidladi hamda bu kabi uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirishda muhim omil ekanini qayd etdi.