Universitet rektori Filologiya fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Namangan davlat universitetida talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda.

Bugun universitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Filologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda soha prorektorlari, fakultet rahbariyati, yoshlar yetakchilari hamda faol talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida fakultet talaba-yoshlari tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ilmiy, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy loyihalar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusi yil uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi.

Talabalar ta’lim sifatini yanada oshirish, amaliy darslar samaradorligini kuchaytirish, badiiy va ijodiy to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. Jumladan, universitetda nashriyot ochish, universitet qoshida talabalar gazetasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Ushbu takliflar talabalarning ijodiy faolligini oshirish, adabiy-ijodiy muhitni rivojlantirish va yoshlar fikrining muntazam yoritilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Rektor talabalarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishlarda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, o‘quv jarayoni uchun qulay sharoitlar yaratish, kutubxona fondini boyitish va filologik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy resurslarni kengaytirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z g‘oya va tashabbuslarini bemalol ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image