Ushbu musobaqada universitetimizning “NAMDU VK” ayollar jamoasi hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Road Patrul” jamoasi safida Sport faoliyati: voleybol yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Yahyo Muhammadiyev ishtirok etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ayollar o‘rtasida “NAMDU VK” ayollar jamoasi hamda erkaklar o‘rtasida “Road Patrul” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa haqida universitetimiz talabasi Yahyo Muhammadiyev My5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.