Abdulboriyeva Mexruza Anvar qizi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Abdulboriyeva Mexruza Anvar qizining 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi (STEM-yondashuvi asosida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Abdulboriyeva Mexruza Anvar qiziga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Mexruza Anvar qizini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image