“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirgʻizbayevning “Tinchlik va farovonlikni ta’minlash yoʻlidagi mushtarak intilishlar” sarlavhasi ostidagi maqolasi chop etildi.
Shu kunlarda Turkmaniston mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlangan hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tan olingan doimiy betaraflik maqomining 30-yilligini nishonlamoqda. Turkmaniston uchun bu maqom tashqi siyosatning asosi bo‘lib, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Turkmaniston tashabbusi bilan BMTning “2025-yil Xalqaro tinchlik ishonch yili” rezolyutsiyasining bir ovozdan qabul qilinishi rasmiy Ashxobod tinchlikparvar siyosati tan olinganligining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.