Universitet rektori Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Anjumanlar zalida Ijtimoiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda universitetning soha prorektorlari, fakultet rahbariyati, yoshlar yetakchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida joriy yilda fakultetda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ijtimoiy sohalarga oid ijodiy tashabbuslar, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar hamda ularning erishilgan natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish va talabalar salohiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha masalalar yuzasidan fikr almashildi.

“Ijtimoiy fanlar jamiyat hayotini tushunish va uni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Siz, Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari, o‘rganayotgan bilimlaringiz va ilmiy izlanishlaringiz orqali yangi tashabbuslarni ilgari surish va amaliy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga egasiz. Shuning uchun, sizlarning faoliyatingiz va ijodiy g‘oyalaringiz jamiyatimizni rivojlantirishda, kelajak kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.” — dedi Abdug‘affor Qirg‘izboyev

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar universitetda yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘mak va e’tibor uchun minnatdorlik bildirdilar hamda kelgusida yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni davom ettirishlarini ta’kidladilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image