Uchrashuv davomida fakultetning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, bitiruvchilarning bandlik holati hamda fakultet va kafedralarning 2025/2026 o‘quv yilidagi istiqbolli rejalarini muhokama qilindi. Shuningdek, hozirgi ehtiyojlardan kelib chiqib yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish, mavjud yo‘nalishlarning qabul kvotalarini oshirish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borayotgan Baxrom Abdulazizov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Islomov Ravshanbek fakultet dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Uchrashuv yakunida rektor Abdug‘affor Qirg‘izboyev fakultet jamoasining ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalarning ta’lim sifatini yaxshilash hamda yangi o‘quv yo‘nalishlarini joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.