Universitetda ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi

Namangan davlat universitetida Adolat sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Global bilim maydonida Yangi Oʻzbekiston yoshlarining munosib ishtirokini taʼminlashda STEAM taʼlimining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman boshlandi.

Mazkur anjuman zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilm-fan va innovatsiyalarning o‘zaro uyg‘unligi, shuningdek, STEAM ta’limi orqali yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi. Anjumanda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tajribalar va istiqbolli takliflar muhokama qilinadi. 

Anjumanda Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi Dilmurod Ismoilov so‘zga chiqdi. 

Partiya va universitet o‘rtasidagi hamkorlik ta’limni modernizatsiya qilish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, STEAM ta’limiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgani qayd etildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image