Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg'unov Janubiy Koreya davlatining yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri Sejong universiteti xalqaro aloqalar direktori Moon Jinhwan va universitet professori Otabek Jo'rayevni qabul qildi.
Samimiy va do'stona ruhda o'tkazilgan muloqotda mehmonlar, Namangan davlat universiteti ilmiy tadqiqotchilarini Sejong universitetida ilmiy daraja olishlarini tashkil qilish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda qo'shma ilmiy va amaliy loyihalarni tayyorlash hamda sun'iy intellekt, moliyada sun'iy intellekt va biznes boshqaruvi ta'lim yo'nalishlarida qo'shma ta'lim ochish bo'yicha takliflarni bildirildilar.
Muloqotda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, yangi o'quv yilidan magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi magistrantlar 1+1 dasturi bo'yicha Sejong universitetida tahsil olishi kelishib olinib, memorandum imzolandi. Kelgusida bakalavriat ta'lim yo'nalishida ham 2+2 dasturi yo'lga qo'yilishi reja qilib olindi.
Yakunda o'zaro hamkorlikning ramziy ma'no sifatida "Ekobog"da ko'chat o'tqazildi.