O'yinni universitet birinchi prorektori N.Dexkanov hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi A.Toshmatovlar ochib berib, barcha jamoalarga do'stona munosabatlarni shakllantirish, o'zaro hamjihatlik borasida fikr yuritib, jamoalarga omad tilashdi.

Forum nomidan kelib chiqib, har bir jamoalarda barcha oliy ta'lim muassasalarining bir nafardan ishtirokchilari ishtirok etib, o'yin o'zaro do'stona ruhda o'tkazildi.

Namangan viloyati “Zakovat” klubi tomonidan o'tkazilgan o'yinda qiziqarli savollar, jumboqli masalalar musobaqaga yanada shukuh bag'ishladi.

O‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahs tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. O‘yindan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan bu kabi hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.

image

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image