Ijro intizomi - samarali faoliyatning muhim omili

Namangan davlat universitetida Ijro intizomi yigʻilishi bo'lib o'tdi. Unda avval xabar berganimizdek barcha soha prorektorlari, boʻlim boshliqlari, fakultetlar dekanlari kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda vazirlik, mahalliy hokimlik, universitet rektori va Kengash yigʻilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama etildi.

Yig‘ilishda xodimlar tomonidan Mehnat qonunchiligiga rioya etish, ichki tartib qoidalar, har bir xodim o‘z ishiga masʼuliyat bilan yondashgan holda ijro intizomiga amal qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va 3 nafar dekan hamda 6 nafar kafedra mudiri faoliyatida yo'l qo'ygan kamchiligi uchun qat'iy ogohlantirildi.

Yig‘ilish yakunida barcha soha prorektorlari tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejalashtirildi va kerakli vazifalar belgilab berildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image