Uchrashuvda Ekologiya partiyasi Namangan shahar kengashi raisi Sh.To’xtasinova, Namangan shahar kengashi deputati M.Alixonov, Namangan metrologiya markazi mutaxassisi U.Sobirjonov va fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha v.b dekan o’rinbosari D.Narzullayevlar ma'ruzachi sifatida ishtirok etishdi.
Suhbat jarayonida nutq so’zlaganlar ayni vaqtda globallashib borayotgan ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish yo‘llari, “Yashil makon” umummilliy loyihasining ekologik sharoitimizni yaxshilash yo‘lidagi ahamiyati, yoshlarda vatanparvarlikni oshirish prinsiplari, davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishida deputatlarning roli to‘g‘risida batafsil so‘z yuritishdi.
Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.