Namangan davlat universitetining voleybolchi qizlar jamoasi «Talabalar ligasi»ning respublika final bosqichi g‘olibi bo‘ldi!

Bir necha kun davomida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida birinchi bor «Talabalar ligasi» respublika final bosqichining musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 
Musobaqalar respublikaning uchta: Namangan shahri, Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa mamlakatimizdagi 200 dan ortiq OTMlar talabalari o‘rtasida bir necha bosqichlarda tashkil etilib, umumiy hisobda bir million talabaning 700 mingdan ziyodi qamrab olindi.

Quvonarlisi, «Talabalar ligasi» bellashuvlarida Namangan davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etdi. Ular beshta sport turining to‘rttasi bo‘yicha musobaqaning hududiy final bosqichlarida qatnashib, g‘olib sifatida respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Universitetimizning vooyeybolchi qizlar jamoasi esa musobaqaning respublika final bosqichida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 
Ushbu g‘alaba universitet jamoasi o‘rtasida katta xursandchilik bilan nishonlanmoqda.

Namangan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 63-Xalqaro «Gullar festivali» shodiyonalariga hamohang tarzda yuksak saviyada tashkillangan  «Talabalar ligasi» yoshlik, kuchlilik, epchillik va mahorat bahsi sifatida sportsevar talaba-yoshlar hayotida unutilmas taassurot qoldirdi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image