Namanganda "Talabalar ligasi" sport musobaqasi start oldi

Sportning voleybol va stol tennisi turlari bo'yicha Namangan shahridagi Barkamol avlod, Dinamo, Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti sport zalida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi Alisher Islomov, Namangan viloyati Sport boshqarmasi rahbari A.To'ychiyev hamda Namangan viloyati IIB rahbari o'rinbosari O.Xo'jaqulovlar ishtirok etdilar. 

Dastlab davlatimiz madhiyasi ijro etildi. Shundan so'ng barcha jamoalarga musobaqada omad va zafarlar tilandi!

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, "Talabalar ligasi" musobaqasida respublikamizdagi jami 202 ta davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridagi talabalarning 700 ming nafari qamrab olingan bo'lib, respublika bosqichiga eng kuchli 1014 nafar sportchi talabalar yo'llanmani qo'lga kiritganlar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image