Namangan davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti Noorganik va Organik kimyo kafedralari professor-o’qituvchilari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi professorlari bilan seminar tashkil etildi.
Seminarda Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou kimyoviy fizika instituti professori Jun-Li Yang, Shimoliy-g'arbiy o'simlik resurslari kimyosi labarotoriyasining professorlari Vei-Feng Vang va Chai Tyan hamda Lanchjou kimyoviy fizika instituti doktaranti Sobitxon Sobirov ishtirok etishdi.
Seminar davomida Kimyo kafedralarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Shundan so’ng, Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou kimyoviy fizika instituti professori Jun-Li Yang ham ma’ruzasi tinglandi. Tomonlarning ma’ruzalaridan so’ng savol-javoblar bo’lib o’tdi. Yakunda o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.