7-iyun, Namangan davlat universitetida ijro intizomiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Kun tartibida fakultetda meʼyoriy hujjatlar yuritilish holati yigʻma jildlar, fakultet nizomi, kafedra faoliyatini tashkil etish, kafedralar mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi, oʻquv–meʼyoriy hujjatlarni yuritilishi va ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ko'rib chiqildi. Faoliyatida yo'l qo'ygan ayrim kafedra mudirlariga hayfsan jazosi berildi.
Shuningdek, ta'til vaqtida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli onlayn tanlovlar o'tkazish yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar berildi.