Namangan davlat universiteti Yoshlarni ma'naviy yuksalishga ko'maklashish departamenti Iste'dodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan talaba-yoshlarining ijodiy ishlaridan iborat “Namangan nihollari” bayozi chop etilishini ma'lum qilamiz.
Mazkur to'plamga badiiy ijodning nazm, nasr, publisistika va tarjima yo‘nalishlarida qalam tebratayotgan talaba-yoshlarning saralab olingan ijod namunalari kiritiladi.
Ijod namunalari she'r, hikoya, maqola va tarjima yo'nalishi bo'yicha elektron variantda qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar quyidagi telegram manzillari orqali qabul qilinadi.
@Liderman_2001