Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida "Atrof-muhitni muhofaza qilish - barchamizni burchimizdir"! shiori nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda birinchi prorektor Narimon Dexkanov hamda Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi o'rinbosari Q.So'pijonovlar ishtirok etib, so'nggi yillarda respublikamizda ekologiyani yaxshilab borasida olib borilayotgan ishlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasining ekologik sharoitimizni yaxshilash yo‘lidagi ahamiyatlari haqida atroflicha o'z yuritdilar.
Shuningdek tadbir so'ngida Filologiya fakulteti dekani A.Nazarov O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirining "Tabiat himoyachisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Fakultet jamoasining bir guruh professor-o'qituvchilari ushbu yuksak e'tirof bilan muborakbod etib, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.