TDYU bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Namangan davlat universiteti  va TDYU o‘rtasida imzolangan Kompleks chora-tadbirlar dasturi  doirasida muntazam amaliy ishlar qilib kelinmoqda.



Bugun aynan ana shu ishlarning davomi hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim vazifalarni belgilash maqsadida TDYU rektori yu.f.d, professor I.R.Rustambekov Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TDYU rektori yu.f.d, professor I.R.Rustambekov, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining  birinchi o‘rinbosari U.Ismatullaev Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.



Tadbir davomida Yuridik fakulteti o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy faoliyatning tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar bilan Yuridik fakulteti dekani, professor B.Talapov tanishtirib o‘tdi.



Ta’kidlash joizki, bugungi uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bakalavriat, magistratura va doktorantura darajasida qo‘shma ta’lim dasturlari va turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning xalqaro aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda birgalikda ishtirok etish hamda ilmiy maqola va adabiyotlarni hamkorlikda chop etish kabi masalalar borasida kelishib olindi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image