Aholining sog'lom turmush tarzi va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda jismoniy tarbiya va ommaviy sportga zamonaviy yondashuv

Namangan davlat universitetida "Aholining sog'lom turmush tarzi va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda jismoniy tarbiya va ommaviy sportga zamonaviy yondashuv" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. 

Tantanali ochilish marosimida universitet rektori S.T.Turg’unovning tabrigini birinchi prorektor N.B.Dexkanov anjuman qatnashchilarga yetkazdi. 

Plenar ma’ruzalarda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etib aholining sog'lom turmush tarzi va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda jismoniy tarbiya va ommaviy sportga oid o’z tadqiqotlari natijalari bilan o’rtoqlashdilar. 

Tushlikdan so’ng seksiyalar bo’yicha ma’ruzalar davom etdi. Ma'lumot o'rnida ertaga 26-iyun kuni ham anjuman o’z ishini davom ettiradi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image