Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonlari bo'lib o'tdi.

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonlari bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo'lganligini alohida taʼkidlab o'tdilar. Buning yorqin misoli tariqasida shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlarni qabul qilinishi, 200 dan ortiq imtiyozlarni qabul qilinishi mamlakatimiz bunyodkori hisoblangan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin misolidir.

Shu bilan bir qatorda yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o'rgatish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko'paytirish bo'yicha ham katta o'zgarishlar yuz berishi va buning uchun har yili 100 million dollar ajratilishi kelajagimiz bunyodkori hisoblangan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan biridir.

Prezidentimiz muloqot chog'ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, yangi o'quv yili mobaynida Ijtimoiy fanlar fakultetida ham yurtboshimiz ilgari surgan g'oya va takliflarni amaliyotga joriy etishga  astoydil harakat qilamiz.

Har bir yoshlarni hayotda munosib o'rinlarini topishlari hamda yetuk kadr bo'lib yetishishlari uchun nafaqat yurtboshimiz balki, biz ham bundan keyin bor kuch va imkoniyatlarimizni to'liq ishga solib, Yangi O'zbekiston - siz aziz yoshlar bilan birgalikda barpo etamiz.

Haydaraliyev Shuhratjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi dotsent.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image