Namangan davlat universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning 2023/2024-yillar davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan yillik hisobot topshirish jarayoni o'z nihoyasiga yetdi.

Ma'lumot o'rnida ushbu jarayonlar 24-iyun sanasidan boshlangan edi. 3 kun davomida o'tkazilgan yillik hisobotda 55 nafar tyutor yil davomida shaxsiy tashabbusi va funksional vazifasini bajarish yuzasidan qilingan ishlar bo'yicha ishchi guruhga taqdimot tarzda ma'lumotlar berdi.

Yillik hisobotni tinglash jarayonlarida ijarada hamda talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ishlash, nogironligi bo'lgan talabalar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birgalikda talabalarni odob-axloq qoidalariga rioya qilishi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda tyutorlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi haqida alohida ta'kidlab o'tildi.

Yillik hisobot yakunida ishchi guruh tomonidan tyutorlarni kelgusi faoliyatlariga omad tilab, ularga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image