Namangan davlat universitetida 2024/2025 o'quv yili uchun kasbiy ijodiy imtihon jarayonlari boshlandi

8-iyul sanasidan universitetda Jurnalistika ta'lim yo'nalishi uchun imtihon jarayonlari boshlandi. 

Ushbu ta'lim yo'nalishiga jami 136 nafar abituriyent ariza topshirgan bo'lib, 11-iyul sanasiga qadar imtihon jarayonlari davom etadi. 

Bugun kunning birinchi yarmida imtihon jarayoni og'zaki tarzda olingan bo'lsa, hozirda kunning ikkinchi yarmida "Jurnalistikada internetning o'rni" mavzusida yozma tarzda imtihon olinmoqda. 

Ma'lumot o'rnida imtihon jarayonlarini live.namdu.uz sayti orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin. 

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image