O'zbek xalqi va Qirg'iz xalqi azaldan bir-biriga yaqin qardosh xalq

Mamlakatimizda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan so'ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar yurtimizning buyuk kelajagi uchun mustahkam poydevor bo'lmoqda. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorliklar jonajon vatanimizning porloq kelajagi va rivoji uchun sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan amalga oshirilayotgan diplomatik munosabatlar buning yorqin dalilidir.

Joriy yilning 18-iyul kuni mamlakatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyev takliflariga binoan Qirg'iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov yurtimizga davlat tashrifi bilan keldi.

Tashrif davomida ikki mamlakatlar o'rtasida har tomonlama shartnomalar imzolandi. Xususan ta'lim, ma'daniy, turizm, energetika va iqtisodiy sohalarda imzolangan shartnomalar ikki qardosh xalqlarni yanada birlashtirdi. 

Mamlakat yetakchilari qo'shma loyihalarni imzolashgandan so'ng, yurtimizning tarixiy maskanlaridan biri hisoblangan Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurullaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi madaniyat, yoshlar, turizm, ta'lim, fan va sport sohalarida faol almashinuvlarni davom etishi uchun zamin yaratdi.

Biz Ijtimoiy fanlar fakulteti rahbariyati ham bu tashrifdan juda katta kuch oldik. 2023/2024-o'quv yillarida qardosh xalqimiz bilan amalga oshirgan hamkorlik aloqalarimizni, yangi o'quv yilida ham yanada mustahkamlashni asosiy maqsadimiz qilib belgilab oldik.

Haydaraliyev Shuhratjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi dotsent.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image