So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida ta'lim sifatini yaxshilash va yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha juda ko'plab qonun hamda farmonlar imzolandi. Bularning tag zamirida yurtimiz istiqboli va buyuk kelajagi o'z aksini topgan. Ma'lumki jonajon yurtimiz O'zbekiston IX-XII hamda XIV-XV asrlarda birinchi va ikkinchi Renessans davrlari ya'ni uyg‘onish davri jarayonlarini o‘z boshidan o‘tkazdi.
Birinchi Renessans davrida yurtimizdan juda ko‘plab yetuk mutaffakir va olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, Abu Ali Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy hamda buyuk hadisshunos olimlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy va shu bilan birgalikda islom diniga o‘zining beqiyos hissalarini qo‘shgan Mahmud Zamaxshariy, Imom Moturidiy va boshqa juda ko‘plab yirik mutafakkir bobolarimiz buning yorqin dalilidir.
Ikkinchi Renessans davri bevosita Amir Temur va Temuriylar davri bilan bog'liq bo‘lib, bu davrda ham ilm-fan o‘z taraqqiyotini cho‘qqisiga erishadi. Shu bilan birgalikda Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan barcha islohotlar, ayniqsa qurilish sohasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hozirgi kunga qadar o‘zining tarixiyligi va ulug‘vorligini saqlab kelmoqda.
Shu asnoda yurtimizda ham uchinchi Renessans davri uchun salmoqli va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarni biz har bir sohada ko‘rishimiz mumkin. Birgina ta'lim sohasini o‘zida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqorida ta'kidlab o‘tilgan fikrimizning yorqin dalilidir.
Jumladan, davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab -quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo'lganligini, buning yorqin misoli tariqasida shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlarni qabul qilinishi, 200 dan ortiq imtiyozlarni berilishi yurtimizda biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin namunasidir.
Bugungi kunda "El yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan 110 mingdan ziyod yoshlarni malakali kadr bo‘lib yurtimizga mamlakatlararo bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab qaytishlari, yurtimiz ravnaqi uchun qo'yilgan dastlabki qadamlar deya ta'kidlashimiz mumkin.
Hozirda yurtimizning barcha oliy ta'lim muassasalarida imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonlari oldingi yillardagi imtihon jarayonlaridan tubdan farq qiladi. Oldingi yillar dastlab yo‘nalish tanlab keyin test imtihonlarida ishtirok etilar edi. Bu yil esa dastlab imtihon topshirib, keyin yo'nalish tanlash imkoniyatini mavjudligi yoshlarni o‘zlarining bilim va salohiyatiga mos sohani tanlashlari uchun imkon yaratdi.
O‘qishga qabul qilingandan so‘ng o‘quv yili davomida davlat grantlarini yakuniy o‘zlashtirishlarga qarab qayta taqsimlanishi, yoshlar o‘rtasida sof raqobatni amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. Ma'lumki, raqobat bor joyda o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Bu kabi islohotlar yoshlarni o'z sohasinining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratadi.
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, "Uchinchi Renessans bunyodkori va asoschilari - bu yoshlardir". Shunday ekan yurtimizda biz yoshlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib barchamiz mamlakatimiz rivoji uchun, Yangi O‘zbekiston uchun o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim.
Mira'zam To‘xtasinov,
Namangan davlat universiteti 3-bosqich talabasi