Namangan davlat universitetiga "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash” hamda “Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari” telegram kanali asoschilari Egamnazar Abdulboqiyev va Behruz Saidburxonov tashrif buyurdilar.
Dastavval, universitet rektori hamda sohalar bo'yicha prorektorlar mehmonlarni kutib olib, ta'lim dargohi haqida atroflicha ma'lumot berib tanishtirdilar.
Shundan so'ng, mehmonlar tomonidan “Yil oliygohi 2024” ko‘rik-tanlovining “Yilning eng yaxshi universiteti - 2024” nominatsiyasida eng ko‘p ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Namangan davlat universiteti rektoriga tashakkurnoma hamda talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Diamond Education” ta’lim platformasida universitetning 30 nafar talabasi 3 oy bepul ta’lim olishi uchun 21 mln. so'mlik vaucherini o‘zida mujassam etgan sertifikatni topshirdilar.
Taqdirlash marosimidan so'ng esa universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, yangi barpo etilgan talabalar turar joyi, It-park hamda Til markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.