Universitet axborot-resurs markazi ilmiy adabiyotlarga boyidi

Namangan davlat universiteti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institutining o'zaro samarali hamkorligi doirasida institut tomonidan universitet professor - o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va talabalari uchun 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy adabiyotlar taqdim etildi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i D.Dexqonov tashabbusi bilan keltirilgan  adabiyotlar "O'zbekiston florasi (1-6 tomlar)", "O'zbekiston Respublikasi viloyatlarining flora kadastrlari", "Markaziy Osiyo o'simliklar qoplami", "Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladigan o'simliklarni yetishtirish", "Iqlim o'zgarishi sharoitida o'simliklar muhofazasi" va boshqa dolzarb yo'nalishlarni o'z ichiga olgan.

Mazkur adabiyotlar universitetda ta’lim sifatini yanada oshishiga hissa qo‘shadi deb ishonamiz va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti rahbariyati va adabiyotlar mualliflariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image