Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida tashkil etilgan o‘quv-seminarning navbatdagi kuni erta tongdan davlat madhiyasi bilan boshlandi. Nonushtadan so‘ng, ishtirokchilar dastur bo‘yicha yalpi yig‘ilishda jamlanishdi.
Kun davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi profilaktik tadbirlar, OTMlarda kovorking ofislarini tashkil etish, barcha hududlardagi xiyobonlarda tashkil etiladigan tadbirlar, "Ma’rifat ulashib" loyihasini yuqori saviyada o‘tkazish, talabalarni rag‘batlantirish tizimi, shunindek, ijtimoiy tarmoqlar va media savodxonlik mavzularida ma’ruzalar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarida faol ishtirok etgan birinchi prorektorlar qatorida Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Narimon Dexkanov ham samarali faoliyati va tashabbuskorligi uchun vazirlik tomonidan e’tirof etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.