Fizika fakulteti doktoranti Naimjonov Arslonbek hozirda dunyoning QS reytingi bo'yicha top 65-o'rinda turuvchi Malayziya davlatining Malaya universitetida 4 haftalik stajirovka o'tamoqda. Stajirovka davomida doktorantimiz eng so'ngi labaratoriya jihozlari va malakali professorlar yordami bilan ilmiy ishi uchun kerakli o'lchovlarni amalga oshirmoqda.
Fizika kafedrasi mudiri B.Abdulazizov Malayziyalik izlanuvchilar bilan shunday stajirovka hamkorliklarini ko'paytirish va ularni Namangan davlat universitetiga tashrifi bo'yicha rejalarni ham kelishib olishdi.
Doktorantimizga va fizika kafedrasi a'zolariga kelajakdagi hamkorlik va ilmiy izlanishlariga omad tilaymiz.