Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 321-son buyrug'iga asosan bugun universitetga vazirlik mas'ul xodimlari Xurshidbek Karimov hamda Bobomurod Sayitxonovlar ta'lim muassasasida 2024/2025 o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rganish maqsadida tashrif buyurdi.
Sohalar bo'yicha prorektorlar mehmonlarni kutib olib, Namangan davlat universitetida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, Registrator ofis markazi, o'quv auditoriyalari, o'quv-ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, IT-park, mustaqil ta'lim markazi, sport maydonchalari, talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi hamda talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishtirdilar.
O'rganish davomida vazirlik mas'ul xodimlariga IT-park tomonidan ishlab chiqilayotgan "Open science platform" tizimi, uning afzallik tomonlari haqida taqdimot qilindi. Yakunda tegishli tavsiyalar berilib, universitetda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati yuqori baholandi.