Biotexnologiya fakultetiga joriy o'quv yilida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostidagi “Leader mont” (moslashuv haftaligi) doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani I.Odilov, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, koordinatorlar hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshang'ich tashkiloti yetakchisi Sh.Sultanov ishtirok etib, yangi muhitga moslashayotgan talaba-yoshlarga universitet hayoti, mavjud imkoniyatlar, yaratilgan sharoitlar va istiqbolli rejalar borasida ma'lumotlar berildi.

Eng asosiy maqsad talabalarning ilk o'qish jarayonlari oldidan kelgusi 4 yil davomida erishishi mumkin bo'lgan yutuq va imkoniyatlari borasida tushunchalar berildi. Tabiiyki, bunday yangiliklar ularda katta qiziqish uyg'ota oldi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image