Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Narimon Dexkanov talabalarni yashash sharoitlari va muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish maqsadida Biotexnologiya fakulteti dekani Islomjon Odilov bilan hamrohlikda ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalarning yashash shart-sharoitlari ko'zdan kechirilib, xonadon egalari bilan suhbat uyushtirib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi. O'rganish davomida ta'lim va tarbiyachilarga talabalar holidan muntazam xabar olish bo'yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Tashrif yakunida esa talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida prorektor talabalarga badiiy kitoblar sovg'a qildi hamda kundalik ehtiyoj uchun oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ko'rsatilgan bu e'tibor va g'amxo'rlikdan talabalar universitet rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.