Namangan davlat universitetida yana bir AQShlik mutaxassis ish boshladi. AQShning Davlat departmentining Fullbright English Teaching Assistant (ETA) dasturi doirasida TESOL Ingliz tili mutaxassisi Christopher Mark Doney universitetning Jahon tillari fakulteti talabariga 1 yil davomida dars beradi va pedagogik faoliyat olib boradi.
Mutaxassisning tanishtiruv marosimida elchixona xodimlari va universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori A.Rasulov, Xalqaro aloqalar va reyting bo'limi boshlig'i J.Isroilov, Jahon tillari fakulteti dekani Q.Sidiqov, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri N.Rashidovalar ishtirok etishdi.
Universitet ilmiy ishlari va innovatsiyalar prorektori A.Rasulov mehmonlar bilan istiqbolli rejalar va o’quv jarayoniga til egasi bo’lgan (native speakers) mutaxassislarni jalb etish ishlarini yanada ko’paytirish bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv davomida AQSh elchixonasi vakillari universitetning kampusi bilan tanishib, universitet jamoasiga ilmiy va o'quv sohasidagi hamkorlik faoliyatini yuksak baholab, o'z minnatdorchiligini bildirdi.