Namangan davlat universitetida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Seminarda elchixona vakili Azizaxon Nuritdinova Amerika ta’lim kengashlari va AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Faculty Enrichment Program" dasturi haqida ma’lumotlar berdi. Ushbu dastur oliy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish imkoniyatini yaratadi. 

Seminarda kafedralar tomonidan qiziqish bildirgan, ingliz tilini so‘zlashuv darajasida biladigan doktorantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Dasturda qatnashish uchun barcha xarajatlar loyiha mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplanishi ta’kidlanib, ishtirokchilarga dasturda qatnashish shartlari, talablar va murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushuntirish berildi. 

Shuningdek, ushbu dastur doirasida AQSH davlatida ishtirok etgan Namangan davlat universiteti vakilalari ham seminar ishtirokchilariga atroflicha ma'lumotlar berdilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image