Namangan davlat universitetida tashkil etilgan “Qalqon” guruhi a’zolari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori hamda rektor maslaxatchisi tomonidan guruh a’zolariga yangi o’quv yilida navbatchilik faoliyati va xizmat jarayonlaridagi nazoratni kuchaytirish, qolaversa, faol guruh a’zolarini vaqtida rag’batlantirib borilishi yuzasidan fikrlar ilgari surildi. 

Bundan tashqari bo’sh (vakant) o’rinlarga yangi nomzodlarni ochiq tanlov orqali saralab olish ishlarini tashkil etish bo’yicha profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchisiga tegishlicha topshiriqlar berildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image