Yig'ilishda rektor maslahatchisi, sohalar bo'yicha prorektorlar, bo'lim boshliqlari, fakultet dekan va ularning yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Rektor Sobitxon Turg'unov universitetda ichki tartib va odob-axloq qoidalariga barcha birdek qat'iy amal qilishi, komplaens nazorat bo'limi faoliyatini kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish hamda talabalar o'rtasida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish masalalari yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, xalqaro aloqalar va reyting bo'limiga universitetning xalqaro maydonda o'z o'rnini mustahkamlash maqsadida Top-500 oliy ta'lim muassasalari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish uchun alohida vazifalar belgilandi.