Ta’lim sohasidagi hamkorlik

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining Sinergiya universiteti delegatsiyasi Namangan davlat universitetida bo‘ldi.

Xorijda o‘z o‘rni va mavqega ega ushbu yirik xususiy universitetning xalqaro rivojlanish bo‘yicha prorektori Mixail Yerofeyev va “Sinergiya” korporatsiyasining mintaqaviy rivojlantirish bo‘yicha direktori Aleksandr Teteryuk Namangan davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sobitxon Turg‘unov bilan uchrashdi.  

O‘zaro samimiy muloqotdan so‘ng ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Avvalroq, Namangan davlat universiteti Sinergiya universiteti bilan hamkorlik doirasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishga erishgan edi.  

Sinergiya universiteti Rossiyadagi eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblanib, unda iqtisodiyot, biznes, dizayn, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, huquqshunoslik, turizm kabi o‘nlab sohalar bo‘yicha ta’lim beriladi. Universitet ko‘plab xalqaro va milliy reytinglarda o‘z o‘rniga ega va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim modeli bilan mashhur.  

Bunday ijobiy xususiyatlar o‘z navbatida, xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qator zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image