Namangan davlat universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston-Malayziya xalqaro ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston-Malayziya xalqaro ta’lim forumida ishtirok etmoqda

 Malayziyaning Perak shtatida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar» mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi boshlanadi. 

Forumda har ikki mamlakatning 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatnashishi nazarda tutilgan. Ular orasida Namangan davlat universiteti delegatsiyasining ham borligi quvonarli.

Forum doirasida Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg‘unov Malayziyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari - Utara, Malayya hamda Malayziya Xalqaro islom universitetlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Sobitxon Turg‘unov mazkur universitetlar faoliyati bilan yaqindan tanishadi, rektorlar bilan uchrashib, maqsadli hamkorlik shartnomalarini imzolashi belgilangan.
Bu hamkorlik kelgusida Namangan davlat universitetining xalqaro doiradagi faoliyati yanada kengayishiga xizmat qilishi, shubhasiz. 

O‘z navbatida, Sobitxon Turg‘unov 4 fevral kuni «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar» mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ham ishtirok etadi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image