Tyutorlar faoliyatini baholovchi KPI tizimi ishga tushdi.

Tyutorlar faoliyatini baholovchi KPI tizimi ishga tushdi.

Shu maqsadda Namangan davlat universitetida faoliyat olib boruvchi tyutorlar uchun maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Xakimjon Xoshimov ochib berdi.

Jarayon davomida KPI tizimi monitoring guruhi a’zosi, dekan o‘rinbosari Abdulbosit Sobirxonov ushbu tizimni ishga tushirilishi yuzasidan ma’lumotlar berib, undagi savolnomalarning mazmun-mohiyati, tizimga tyutorlar tomonidan yuklanadigan ishlarni asosli va muhim hujjatlar shaklida joylashtirish tartibi  bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni berdi. 

Endilikda ushbu tizim orqali tyutorlar:

- O‘quv-uslubiy sohaga doir;

- Ilmiy ishlar faoliyatiga doir;

- Ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir ma’lumotlarini hamda bajargan ishlarini ushbu tizimga joylashtirish orqali baholanish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi.

 Ushbu tizim ularni faoliyatini yanada jonlantirish, kasbiy faoliyatlarida tajriba to‘plashga yordam beradi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image