Xalqaro hamkorlik yo‘lida kamarbastamiz!

Bugun jadallik bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston zaminida umrguzaronlik qilyapmiz. Shubhasiz mazkur jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni erkaklarnikidan kam emas. Hozirgi kunda ayollarimiz barcha jabhalarda shaxsiy namuna ko‘rsatib, butun dunyo ahlini lol qoldirmoqdalar.

Kuni kecha Namangan davlat universiteti delegatsiyasining Malayziya davlatiga tashrifi chog‘ida qator oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan shartnomalar, bildirilgan taklif va mulohazalar, va albatta, kelgusidagi rejalardan biz – universitet xotin-qizlar kengashi a’zolari ham juda ruhlandik. Zero bizning dargohimiz so‘nggi yillar ichida har tomonlama tobora rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda.

Malaya universiteti, Malayziya islom universiteti, Malayziya texnologiya universiteti, qolaversa, Sulton Idris hamda Perlis universitetlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvining amalga oshirilishi, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida onlayn va oflayn mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, shuningdek, hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, qo‘shma laboratoriyalar hamda ilmiy markazlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi Namangan davlat universiteti rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mazkur islohotlar samarasi o‘laroq talabalarimiz nafaqat Respublika, balki xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan turli tanlov va fan olimpiadalari, qolaversa, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etish baxtiga musharraf bo‘ladilar.  Bunday sharafli vazifalarni ado etish yo‘lida biz – universitet olima ayollari ham jamoa bilan yakdillikda harakat qilamiz va ishontirib aytamizki, xalq xizmatiga hamisha kamarbastamiz.

Saodatxon USMANOVA, 

NamDU xotin-qizlar kengashi raisi

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image